Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sanch} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: Sanch-moq
Izoh(lar)i:
sanch fl

1. 1. Uchi o‘tkir narsani kuch bilan bosib yoki zarb bilan urib kirgizmoq; suqmoq, tiqmoq, botirmoq. Xolmat ikkinchi raqibining ko‘kragiga qilich sanchdi, biroq o‘zi ham boshidan yaralandi. N. Safarov, Olovli yillar
To‘tiqiz do‘ppi xomini tizzasiga qo‘yib, sekin igna sanchdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Mingboshi xuddi orqasiga birov bigiz sanchib olgandek sakrab tushdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

2. 2. Qadamoq, taqamoq. Anvar yugurib kelib, yorlikni olib o‘pdi va uni sallasiga sanchib, orqasi bilan yurib, ilgarigi o‘rniga borib to‘xtadi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

3. 3. Biror narsa sanchilgandek, o‘qtin-o‘qtin og‘rimoq. Bu voqeani eshitib, Me’morning yuragi sanchib ketdi. Mirmuhsin, Me’mor
Sherzod ko‘kragining qattiq sanchganidan uyg‘onib ketdi. O‘. Hoshimov, Nur borki, soya bor

4. ko‘chma hma Achchiq gap bilan uzib olmoq, chaqmoq. Qozi ham, Asad qori ham jadid maktabiga qarshi edilar. Shuning uchun Asad kori gap bilan nishini yana G‘ulomjonga sanchdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.