Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {saboq}
So‘z bo‘g‘inlari: Sa-boq
Izoh(lar)i:
saboq [sa-boq ]

1. Dars, mashg‘ulot, bilim, fan. Ularning har biri har xil sinf o‘quvchisi bo‘lgani holda, bir sinfda o‘tirib saboq olishlari bir-birlariga xalaqit bermaydi. K. Yashin, Hamza

2. Darsda (o‘quvchilarga) beriladigan vazifa, topshiriq. Alisher qo‘l qovushtirib kelib, ustod oldida tiz cho‘kdi va sabog‘ini o‘qiy boshladi. M. Osim, Ajdodlarimiz qissasi

3. Ibrat, o‘rnak, namuna bo‘ladigan, hayot tajribasini oshiradigan ish, harakat, voqea-hodisa. Fazliddin:] Begim sharm-u hayodan sizu bizga saboq berishga qodirlar. P. Qodirov, Yulduzli tunlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.