Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ruhiy}
So‘z bo‘g‘inlari: Ru-hiy
Izoh(lar)i:
ruhiy sf

1. 1. Kishining ruhiga, ruhiy kayfiyatiga, ichki kechinmalariga oid, ular bilan bog‘liq bo‘lgan. Ruhiy holat. Ruhiy ko‘tarinkilik. Ruhiy ezilish. Muttasil ruhiy azob chekkan odam hamisha yangi zarbalarga chog‘lanib turadi. S. Ahmad, Ufq
Hafiza noumid uyga keldi. U so‘niq, kayfi past edi. Ba’zi qizlarga o‘xshab ichki ruhiy holatini yashira olmas — xafaligi darrov bilinib qolardi. Mirmuhsin, Umid

2. ayn. yn. Ma’naviy 1. Ruhiy oziq. Allalarda onaning ruhiy dunyosi, farzandga bo‘lgan muhabbati, orzu-o‘ylari aks etadi. Saodat
Unda atrofimizda bo‘layotgan ekologiya halokati emas, balki ruhiy olamning halokati aks ettirilgan. Mushtum
[Sunnatillo maxsum Shukrulloga:] Sen ularga ruhiy oziq berasan, men moddiy tomondan suyayman. Shukrullo, Javohirlar sandig‘i

Antonim(lar)i: jismoniy
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.