Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {rozilik}
So‘z bo‘g‘inlari: Ro-zi-lik
Izoh(lar)i:
rozilik ot

1. 1. Mamnunlik, xursandlik. Yo‘lchi uning har bir so‘zida, ovozida, kulgisida quvonch ham taqdirdan rozilik sezdi. Oybek, Tanlangan asarlar
Yengil ta’zim bilan [Navoiy podshohga] o‘z roziligini bildirib, tabassum qildi-da, sekingina dedi Oybek, Navoiy

2. 2. Unaganlik, ko‘nganlik haqidagi tasdiq javobi. Roziligini olmoq. Sobir, to kampirning roziligini olishguncha, to‘y qilishga jazm qilmadi. R. Fayziy, Cho‘lga bahor keldi
Qiz tomon, garchand to‘yni bir yil keyin qilish sharti bilan bo‘lsa ham, rozilik beribdi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa

Antonim(lar)i: norozilik
Sinonim(lar)i: ruxsat [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.