Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {reaksiya}
So‘z bo‘g‘inlari: Re-ak-si-ya
Izoh(lar)i:
reaksiya ot

1. psxl. tib. ib. Tashqi va ichki qo‘zg‘atuvchilarga javoban inson va uning tana a’zolarida paydo bo‘ladigan harakat, jarayon yoki holat; aks ta’sir.

2. kim. im. Ikki yoki bir necha moddalar o‘rtasida kechadigan va yangi moddalar hosil qiladigan o‘zaro kimyoviy ta’sir. Kimyoviy reaksiya. Reaksiyaga kirmoq. Yadroviy tarkibga kiruvchi limon kislota bilan temir oksidlari o‘rtasida ham reaksiya kechadi. Fan va turmush

3. siyos. Eski, umri tugagan ijtimoiy tartiblarni saqlab qolish, qayta tiklash va mustahkamlash maqsadida ijtimoiy taraqqiyotga faol qarshilik ko‘rsatish.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. reaksiya I Ot
1. Moddalar orasidagi o‘zaro ximik ta’sir. 2. Organizmning tashqi va ichki ta’sirga javobi.

2. reaksiya II Ot
qarshi kurash

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.