Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {rasvo}
So‘z bo‘g‘inlari: Ras-vo
Izoh(lar)i:
rasvo

1. 1. Nojo‘ya xatti-harakati, yurish-turishi bilan el nazaridan qolgan; yaramas, razil. Rasvo odam. Tavba, — dedi u o‘ziga-o‘zi, — yarim soat ichida ikki rasvo odam bilan uchrashsam-a. Hayotida hech mahal bunchalik yaramas tasodifga yo‘liqmagan edi. Mirmuhsin, Umid

1.

2. 2. Juda ham yomon, tanqiddan tuban. Rasvo gap.

3. 3. Juda ham yomon, yaramas; nokas. Uning xunukligi ustiga ikki dunyosi ham rasvo — hasadchi edi. Mirmuhsin. Bojasi rasvo ekanini bilardim. Shukrullo, Saylanma
Jaydari g‘o‘zaday mijg‘ov, rasvo ekinni dehqon bolasi bilmasa kerak. G‘. G‘ulom, Aliqulning qarzi

4. 4. Izdan chiqib ketgan, yomon ahvolga tushib qolgan; yomon, pachava. [O‘rmon Dadavoyga:] Qayerdaki intizom mahkam, u yerda ish yirik. Qayerdaki intizom buzildi, u yerda ish rasvo. Uyg‘un, Navbahor
Ishni rasvo qildi-ku Padar la’nat Toshbaqa. Yoshlik

5. 5. Buzuq, badaxloq.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Bo‘lmag‘ur – be’ma’ni – noma’qul – nodurust – tuban – jirkanch – rasvo – yaramas – razil – qabih
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining kam-ortiqligiga ko‘ra )

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.