Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {rasmiy} - lash ( Fe’l so‘z yasovchi So‘z yasovchi;Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: Ras-miy-lash-moq
Izoh(lar)i:
rasmiy sf

1. 1. Hukumat, davlat yoki biror tashkilotga oid, shular tomonidan belgilangan. Rasmiy vakil. O‘rdaga ariza bilan murojaat qiladigan har kim, hatto rasmiy kishilar ham avval maslahat so‘rash uchun Anvarning yoniga kelar edilar. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston va Ukraina rasmiy delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralarida, asosan, iqtisodiy masalalar muhokama etildi. Gazetadan
U hech kimga, ayniqsa, rasmiy kishilarga oilaning ikir-chikirlaridan gapirmasdi. O‘. Umarbekov, Yoz yomg‘iri

2. 2. Hukumat, davlat organlari yoki biror tashkilot tomonidan e’lon qilingan, chiqarilgan, tarqatilgan. Rasmiy ma’lumot. Rasmiy axborot. Bunga tashkilotlar va shaxslar o‘rtasidagi rasmiy ishga taalluqli bo‘lgan xatlar, yozishmalar kiradi. O‘TA
Ular asosan rasmiy xabarlarni e’lon qilish bilan cheklanadilar. Gazetadan
V. V. Reshetov 50 dan ortiq doktorlik va kandidatlik dissertatsiyalariga rasmiy opponent bo‘ldi. O‘TA

3. 3. Qonuniy ravishda tasdiqlangan, rasmiylashtirilgan. Rasmiy hujjatlar. Rasmiy tashkilot. Mamlakatimiz mustaqilligining rasmiy darajasini xalqaro maydonda yanada yaqqolroq ko‘rsatish uchun shunday tashriflar bo‘lishi lozim. Gazetadan
Har ehtimolga qarshi rasmiy qog‘oz olib kelgandim. Sharq yulduzi

4. 4. Hamma qoidalarga, rasmiyat talablariga rioya qilib bajarilgan, o‘tkazilgan. Rasmiy taklif. Rasmiy majlis, U [professor Jamolov] prezidiumga chiqib o‘tirishi bilan, rasmiy qism o‘z-o‘zidan yurishib ketdi. J. Abdullaxonov, Oriyat
Hali rasmiy so‘z olganimcha yo‘q. Sharq yulduzi
Jumladan., rasmiy tashrif vaqtida Yevropa qayta tiklanish banki bilan bitim imzolandi. Gazetadan

5. ko‘chma hma Quruq rasmiyat yuzasidan bajarilgan, quruq rasmiyatdan iborat bo‘lgan. — Afv etasiz, — dedi To‘g‘aysari rasmiyroq ohangda. Sh. Xolmirzayev, Qil ko‘prik
Sovchilar shunchaki rasmiy narsa. Sharq yulduzi
Umuman, jamoat oldida gapirishni sezmaydigan odam: o‘zining imomlik vazifasiga ham juda rasmiy ravishda qaraydi. Cho‘lpon, Kecha va kunduz

6. ko‘chma hma Quruq, sovuq. Zamira og‘zaki quruqqina so‘rashdi, Ochil ham rasmiy salom berdi. P. Qodirov, Uch ildiz

7. 7. Davlat yo‘li bilan olib boriladigan muomala, yozishma va hujjat tiliga xos bo‘lgan; maktubiy. Rasmiy uslub. Ma’lum bo‘lishicha, bu odam ham mazkur tilni rasmiy, qayerdadir tasdiqlangan til deb bilar, bu tilda so‘zlanadigan o‘lik nutqqa jon kirgizgani qilinadigan har xil harakatni quyushqondan tashqari chiqish deb hisoblar ekan. A. Qahhor, Quyushqon
Respublikamizda o‘zbek adabiy tilining rasmiy-ish uslubini o‘rganish bo‘yicha ilk qadam qo‘yilgan. Ish yuritish

8. 8. Odatdagi, oddiy, rasmona. Rasmiy uy. Mana, ko‘rmaysanmi, rasmiy odamdan buning nima farqi bor? Oydin, Ko‘ngli to‘ldimi, yaxshi yigit

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.